Taxiatosh tumanida davlat va xususiy, oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mas’ul vakillari ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir davomida Prezidentimiz tomonidan 2026 yil 5 fevralda qabul qilingan «Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-19-sonli Farmonning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

Tadbir davomida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, pedagog kadrlar malakasini mustahkamlash, davlat va nodavlat sektor hamkorligini kengaytirish, bolalar qamrovini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.