Maxsus qaror asosida yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablarda 2025–2026 o‘quv yili III chorak yakuni bo‘yicha markazlashgan summativ baholash sinovlari o‘tkazilmoqda.

Unga ko‘ra, Respublikamizdagi 234 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5–11-sinf o‘quvchilari fanlar kesimida choraklik summativ baholash sinovlarida ishtirok etmoqda.

Xususan:
• 2026-yil 10–18-mart kunlari 231 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinovlar onlayn tarzda o‘tkazilmoqda.
• 2026-yil 14-mart kuni esa Respublikadagi 3 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida 5–11-sinf o‘quvchilari uchun sinovlar an’anaviy (oflayn) tarzda tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun:
Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar faoliyati o‘tgan o‘quv yili yakunida o‘rganilib, natijada 16 ta umumta’lim maktabining rahbar va pedagog kadrlariga 1 yil davomida 40 foizgacha ustama to‘lab kelinmoqda.

Shuningdek, maxsus qarorga muvofiq, joriy o‘quv yili yakunlari bilan yana 47 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari ustama olish huquqiga ega bo‘lishi kutilmoqda.