Tadbir Beruniy tumani Yoshlar markazida bo‘lib o‘tib, unda maktab bitiruvchilari, yosh o‘qituvchilar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari va mahalla faol yoshlari ishtirok etdi.
Seminar davomida mas’ullar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–248-son Qaroriga ko‘ra Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi doirasida har yili talabdan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini tamomlagan 50 nafargacha yoshlarning xorijda ta’lim olishini ta’minlash nazarda tutilgan loyihalar bilan tanishtirdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga xorijda ta’lim olish, grantlar va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Bunday seminarlar yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, yangi imkoniyatlarga yo‘naltiradi.

















