Tashkilot direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatiga ega bo‘lishi hamda vakant direktorlik lavozimi uchun vazirlikning «madmpro.uzedu.uz» saytiga hujjatlarini topshirishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Direktorlar Kengashi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori vakant lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning lavozim talablariga mosligini o‘rganadi hamda lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Tashkilot direktorlarini lavozimga tayinlash Direktorlar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yakuni bo‘yicha tegishli tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tayinlanadi.

Direktorlikka nomzod bo‘lsangiz quyidagi vakant direktor lavozimiga

2026-yil 30-mart sanasidan 3-aprel sanasigacha hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.

Amudaryo tumani 3-, 10-, 14-, 34, 45-, 48-, 56-sonli tashkilotlar;

Beruniy tumani 40, 55, 58-sonli tashkilotlar;

Bo‘zatov tumani 6-, 9-, 10-, 11-, 12-, 13-sonli tashkilotlar;

Qorao‘zak tumani 6-, 10-, 16-, 20-sonli tashkilotlar;

Qonliko‘l tumani 17-, 18-sonli tashkilot;

Kegeyli tumani 17-sonli tashkilot;

Qo‘ng‘irot tumani 11, 13, 27, 28, 32, 33, 36-sonli tashkilotlar;

Mo‘ynoq tumani 6-, 8-, 9-, 16-sonli tashkilotlar;

Nukus tumani 18-sonli tashkilot;

Taxiatosh tumani 9-, 11-, 17-, 19-sonli tashkilotlar;

To‘rtko‘l tumani 16 -sonli tashkilot;

Xo‘jayli tumani 25-sonli tashkilot;

Chimboy tumani 6-, 30-sonli tashkilotlar;

Ellikqal’a tumani 14, 24, 34, 35, 36, 37, 38-sonli tashkilotlar.