Avval xabar berganimizdek O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mas’ul xodimi Dilshod Ismoilov va Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogika milliy institutining yetakchi mutaxassisi Oybek Musulmonqulovlar ta’limni isloh qilish va kompleks chora-tadbirlar dasturining bajarilishi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kelgan edi.

Bugun mehmonlar Amudaryo, Qo‘ng‘irot, Shumanay, Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Beruniy, Ellikqal’a, To‘rtko‘l tumanlarining Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim boshliqlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul vakillari hamda psixolog metodistlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

️ Uchrashuv davomida:
– o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlari;
– turli tanlov va innovatsion loyihalar;
– ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligi bo‘yicha atroflicha tahlillar o‘tkazilib, amaliy takliflar ilgari surildi.

Tadbir yakunida sohani yanada rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.