Bugun O‘zbekiston respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mas’ul xodimi Dilshod Ismoilov va Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogika milliy institutining yetakchi xodimi Oybek Musulmonkulovlar ta’limni isloh qilish va kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif qildi.

Dastlab mehmonlar Nukus shahridagi 19-sonli va 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’limning sifati hamda tarbiyaviy muhit o‘rganildi.

Shundan so‘ng, Nukus shahri Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan yaqindan tanishdi. Jarayonlar chuqur tahlil qilinib, tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, ular Respublika «Kelajak markazi» tomonidan tashkil etilgan Navro‘z saylida ishtirok etib, bayram kayfiyati va yoshlar faoliyati bilan tanishdi.