Bugun Beruniy tumani 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim sohasidagi muhim forum o‘z ishini boshladi.

Forumni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri vazifasini bajaruvchi Muxabbat Shlimbetova ochib berdi. U o‘z nutqida forumning asosiy maqsadi zamonaviy ta’lim dasturlari, kelajak kasblari haqida ta’kidlab, barcha ishtirokchilarni tadbirda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Shuningdek, vazirning birinchi o‘rinbosari Aybek Dauletbaev so‘zga chiqib, Beruniy tumanida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

️Mehmonlar esa ko‘rgazmali ochiq darslar bilan yaqindan tanishib, ta’lim jarayonidagi innovatsion yondashuvlarni kuzatdi.

Bu forum quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;
– Beruniy tumani hokimligi;
– Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti;
– Agrobank Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi;
– Pedagogik mahorat markazi;
– IT Park Qoraqalpog‘iston filiali.

Forum davom etadi…

QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati