O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qo‘shma qarori asosida 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab yangi formatdagi olimpiada yo‘lga qo‘yildi.
Bu olimpiadaning o‘ziga xosligi:
– Birinchi marta tashkil etilyapti;
– Fundamental fanlardan (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) chuqur bilim talab etiladi;
– O‘quvchilardan yangi g‘oyalar va innovatsion fikrlar kutiladi.
Yo‘nalishlar:
– Mexatronika va robototexnika;
(matematika + informatika + fizika)
– Yashil energetika va elektr qurilmalari;
(kimyo + biologiya + fizika)
Sinov turi:
– Har bir yo‘nalish bo‘yicha 45 ta test savoli;
– Har fandan 15 ta savol bo‘ladi.
G‘oliblar:
Har bir yo‘nalishdan 1-, 2-, 3-o‘rin egalari aniqlanadi va Respublika bosqichiga yo‘llanma beriladi.
Mukofotlar:
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi:
1-o‘rin – BHMning 6 baravari
2-o‘rin – BHMning 4 baravari
3-o‘rin – BHMning 3 baravari
📍 O‘zbekiston Respublikasi bosqichi:
1-o‘rin – BHMning 12 baravari
2-o‘rin – BHMning 8 baravari
3-o‘rin – BHMning 6 baravari
✅ Innovatsiya va muhandislik tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan bu olimpiada yoshlar uchun katta imkoniyatlarni ochib beradi!

















