O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori asosida tasdiqlangan «Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berish uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq, har yili umumta’lim maktablari faoliyati kompleks tarzda o‘rganilib, ularning ta’lim sifati baholanadi va natijalar asosida alohida ro‘yxat shakllantiriladi.

2025-2026 o‘quv yilida 24 ta umumta’lim maktabi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan muassasalar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Amalga oshirilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida 2026-2027 o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 20 taga kamaydi. Bu esa olib borilayotgan ishlar bosqichma-bosqich ijobiy natija berayotganini ko‘rsatadi.

️️Bu maktablarda ta’limning sifatini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ularni yuqori natijalar qatoriga olib chiqish maqsadida bugun vazirlikning majlislar zalida muhim uchrashuv tashkil etildi.

️Uchrashuvda vazirning birinchi o‘rinbosari Aybek Dauletbaev, hududiy mas’ullar hamda ta’lim sifati past deb baholangan maktablar direktorlari ishtirok etdi.

️Uchrashuv davomida:
maktablarda ta’lim sifati pasayishiga sabab bo‘layotgan omillar chuqur tahlil qilindi;
– pedagog kadrlar salohiyati, o‘quv jarayoni sifati va boshqaruv tizimidagi kamchiliklar muhokama qilindi;
– boshqa hududlardan malakali o‘qituvchilarni jalb qilish, metodik yordamni kuchaytirish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, har bir maktab kesimida individual «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish, natijadorlikni doimiy monitoring qilish va mas’uliyatni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Asosiy maqsad – har bir hududda, har bir maktabda sifatli va teng ta’lim muhitini yaratish, o‘quvchilar uchun yanada keng imkoniyatlar ochishdir.