Toshkent shahrida «Mudofaa vaziri kubogi» uchun o‘tkazilgan «Vatan tayanchi» otryadlari a’zolari o‘rtasidagi «Vatanparvarlar» harbiy-sport musobaqasining yakuniy bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani 41-sonli maktabining «Lochin» jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
️Shu yilning 26-aprel kuni soha rahbarlari tomonidan g‘olib jamoa a’zolari Nukus shahrida tantanali tarzda kutib olindi.
O‘quvchilarimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

















