Bugun Nukus shahri 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimining ahamiyati» mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Aybek Dauletbayev, mas’ul vakillar, yangi baholash tizimi joriy etilgan maktab direktorlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023 yil 28 avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 28-sonli bayonnomasining 12-bandida 2023-2024 o‘quv yilida O‘zbekiston bo‘yicha 500 ta umumta’lim maktablarida Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘qitish va baholash tizimi joriy etilishi ko‘rsatib o‘tilgan edi.
Mazkur band ijrosi doirasida 2023-2024 o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 34 ta umumta’lim maktabida ta’lim qoraqalpoq, o‘zbek, rus tillarida olib boriladigan maktablarda Prezident maktabi va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilarini baholash tartibi joriy etildi.
Bu ko‘rsatkich 2024-2025-o‘quv yilidan 44 ga va 2025-2026-o‘quv yilida 156 ta umumta’lim maktabini qamrab olish bilan oshirildi.
Hozirgi kunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 234 (31,8%) maktabda yangi baholash tizimida o‘quvchilarning bilimini baholash amalga oshirilmoqda. Ushbu maktablarda yangi baholash tizimida o‘quvchilar bilimini baholab va yangi tizim o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashi, izlanishi va o‘quvchilarda ta’lim sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga olib kelmoqda.
Oldimizda turgan 2026-2027-o‘quv yilidan o‘quvchilar bilimini baholashning yangi tartibini joriy etadigan maktablar sonini o‘tgan yildagi 234 ta maktab soniga ko‘paytirib 116 ta umumta’lim maktablarida joriy etish rejalashtirilmoqda va yangi 2026-2027-o‘quv yilidan maktablar soni 350 taga (47,6%) yetkazilishi belgilab olindi.

















