«Do‘stlik avtobusi» yana yo‘lda!
Mamlakatimizda yoshlarda millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik ruhini mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbus – «Do‘stlik maktablari» loyihasi amalda davom etmoqda!
Loyihaning asosiy maqsadi:
– Milliy qadriyatlar va an’analarni yosh avlodga yetkazish;
– O‘quvchilar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
– Ularning ijodiy va intellektual salohiyatini oshirish;
– Jamoatchilik va mehr-oqibatni targ‘ib qilish hisoblanadi.
Shu yilning 7-may kuni Qorao‘zak, Chimboy va Taxtako‘pir tumanlarining iqtidorli o‘quvchilari «Do‘stlik avtobusi»da o‘zaro sayohatga yo‘l oldi!
📍 Sayohatning birinchi manzili – Taxtako‘pir tumani 2-maktabi bo‘ldi.
Bu yerda mehmon o‘quvchilar tantanali kutib olindi, do‘stlik, totuvlik va madaniy xilma-xillikka bag‘ishlangan konsert dasturi namoyish etildi. «Yashil makon» loyihasi doirasida «Do‘stlik bog‘i» yaratildi, rasmlar ko‘rgazmasi, psixologik treninglar, viktorinalar va «Mening kelajakdagi kasbim» mavzusida suhbat tadbirlari o‘tkazildi. Shuningdek, «Zakovat» intellektual o‘yini ham o‘tkazilib, bilimlar sinovdan o‘tkazildi va albatta – do‘stlik g‘alaba qozondi! Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
📍 Sayohatning navbatdagi manzili – Qorateran etnoturistik majmuasi bo‘ldi.
Ushbu etnoturistik majmua haqidagi ma’lumotlar tinglanib, yaqindan tanishdi.
✅ Bunday tashriflar yosh avlod qalbida yaxshi qadriyatlar – do‘stlik, birdamlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni shakllantirishda ahamiyatga ega!

















