Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining majlislar zalida davlat va nodavlat xususiy sheriklik hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Muxabbat Shlimbetova, vaziro‘rinbosari Qadirbay Ismaiylov  Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Abdunazarov, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Farxat Urumbayev va barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Mutasaddilar tomonidan sohada xavfsizlik choralarini kuchaytirish, tarbiyalanuvchilar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.