📍 Shu yilning 12-may kuni Beruniy tumanida tajriba-sinov ko‘rinishida o‘tkazilgan «Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori» ko‘rik-tanlovi maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion boshqaruv va ilg‘or tajribalarni keng joriy etishga qaratildi.
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari M.Shlimbetova, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent D.Gaipov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi maktabgacha ta’lim metodisti A.Otarbaev, vazirlikning mas’ul xodimlari, shuningdek, barcha tuman (shahar) lik maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limlaridan metodist va eng tajribali direktorlari qatnashdi.
Ko‘rik-tanlov davomida ishtirokchilar:
➖ portfolio taqdimoti,
➖ mualliflik boshqaruv loyihalari,
➖ muammoli vaziyatlar asosida rahbarlik mahoratini ko‘rsatdi.
Tanlovning asosiy maqsadi – maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv samaradorligini oshirish, innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sifatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
✅ Tadbir yakunida g‘oliblar aniqlandi.
Unda:
🥇-o‘rin Beruniy tumani 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Jumatova Yulduz «Boshqaruv mahorati va innovatsion loyihalarni ommalashtiruvchi direktor» nominatsiyasi;
🥈-o‘rin Beruniy tumani 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Raxmanova Roza «Eng yaxshi ixtirochi direktor» nominatsiyasi;
🥉-o‘rin – Beruniy tumani 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Sheripbaeva Dilfuza «Pedagog kadrlar bilan hamkorlikni eng faol direktori» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.
✅ Ko‘rik-tanlovda faxrli o‘rinni egallagan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari vazirlikning maqtov qog‘ozi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

















