Joriy yilning 13 may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan «Vazir kubogi» sport musobaqasining voleybol bo‘yicha ayol o‘qituvchilar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.
✅ «Vazir kubogi» sport musobaqasining asosiy maqsadi – pedagog xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va jamoaviy muhitni mustahkamlashdan iborat.
🟢 Shuningdek, voleybol sport turini ommalashtirish, ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida sport musobaqalarini rivojlantirish, iqtidorli va faol sportchi pedagoglarni aniqlash, tuman, shahar va keyingi bosqichlar uchun kuchli jamoalarni tanlash, xotin-qizlar sportini qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisoblanadi.
✅ Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan musobaqada g‘oliblar aniqlandi.
Unda:
🥇-o‘rin Taxtako‘pir tumani 13-sonli maktab;
🥈-o‘rin Nukus shahri 32-sonli maktab;
🥉-o‘rinni Beruniy tumani 49-sonli maktab jamoasi egalladi.
✅ 1-o‘rinni egallagan Taxtako‘pir tumani 31-sonli maktab jamoasi final bosqichiga yo‘llanma oldi.

















