Ellikqal’a tumani «Amirobod» QFY hududida zamonaviy 70-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi binosi tantanali tarzda foydalanishga topshirildi.
Ushbu ta’lim markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentyabrdagi «Islom taraqqiyot banki va OPEK Xalqaro taraqqiyot fondi ishtirokida «Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-5246-sonli qarori asosida qurildi.
️Umumiy qiymati 11 milliard 182 million so‘m bo‘lgan, 330 o‘rinli zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan maktab binosi o‘quvchilar uchun qulay va sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Ochilish marosimida Ellikqal’a tumani hokimi V.Niyazimbetov, mas’ul tashkilotlar vakillari, ta’lim sohasi xodimlari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yangi ta’lim muassasasining foydalanishga topshirilishi hududda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, yosh avlod uchun zamonaviy sharoitlar yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

















