Bugungi kunda respublikamizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «Xayr bog‘cham – salom maktab» shiori ostida bayram tadbirlari yuqori kayfiyatda tashkil etilmoqda.

Xususan, Chimboy tumanidagi 11-sonli, Mo‘ynoq tumanidagi 14-sonli va Nukus shahridagi «Bolalar kelajagi» nomli davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham bitiruvchi tarbiyalanuvchilar uchun unutilmas bayram o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida bolalar o‘zlarining ijodiy chiqishlari, qo‘shiq va raqs o‘yinlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ularning dastlabki yutuqlari e’tirof etilib, kelgusi o‘qishlarida ulkan zafarlar tiladi.

 Maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan barcha kichik bitiruvchilarimizga oq yo‘l tilaymiz!