Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Maktabgacha tarbiya va defektologiya kafedrasining maxsus pedagogika va logopediya yo‘nalishi bitiruvchilari ishtirokida «Inklyuziv ta’limning ahamiyati va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash» mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi – inklyuziv ta’limning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, maxsus pedagoglarga bo‘lgan real ehtiyoj haqida bitiruvchilarni xabardor qilish, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash va ularni ta’lim muassasalaridagi mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirishdan iborat.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul mutaxassisi M.Omirzaqova, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul mutaxassisi M.Xodjiev, institutning Maktabgacha tarbiya va defektologiya kafedrasi mudiri J.Bekmanova ishtirok etib, bitiruvchilarga inklyuziv ta’lim tizimida faoliyat yuritish, kasbiy rivojlanish va ishga joylashish jarayonlari bo‘yicha muhim tavsiyalar va zarur ma’lumotlarni berdi.
Uchrashuv davomida inklyuziv sinflar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari ishtirok etdi. Ular tomonidan maxsus pedagog lavozimlari uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlari (vakantsiyalar) haqida ma’lumot berilib, bitiruvchilarga ishga joylashish imkoniyatlari tavsiya etildi.
Ma’lumot uchun:
Tadbirda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 175 nafar bitiruvchisi (shundan 40 nafar bitiruvchi Xorazm viloyatidan) ishtirok etdi.

















