O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri 46-sonli ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflari bor umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezident maktablari tajribasini joriy etish to‘g‘risida»gi maxsus buyrug‘i asosida O‘zbekistonda birinchi marta umumiy o‘rta ta’lim maktabida Kembrij o‘quv dasturlari asosida ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan edi.
➖ 2025-2026-o‘quv yilidan bu ilg‘or tajriba Nukus shahrida yangidan qurilib foydalanishga topshirilgan 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham muvaffaqiyatli joriy etildi.

➖ ️Fanlarning ingliz tilida o‘qitilishi, zamonaviy metodika va xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni qisqa vaqt ichida o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatdi.

Bugungi kunda Kembrij o‘quv dasturlari asosida ta’lim olayotgan 151 nafar o‘quvchidan 59 nafari (39,1 foiz) xorijiy tillarni bilish bo‘yicha milliy darajadagi B1 va B2 sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.