Bugun Respublikamiz bo‘ylab «Jasorat maktablari«ga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Talabalar ona tili va matematika fanlaridan test sinovlarini topshirmoqda.
📍 Test sinovlari quyidagi joylarda yuqori darajada tashkil etildi:
➖ Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi binosi;
➖Qoraqalpoq davlat universitetining sport saroyi;
➖ Nukus davlat pedagogika institutining sport majmuasi;
️ ️➖ Nukus shahri 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati.
✅ Imtihon jarayonlarini Nukus harbiy prokurori, adliya polkovnigi Aziz Matyakubov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Aybek Davlatbaevlar kuzatib, test sinovlarining ochiq-oydin, adolatli va belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq o‘tkazilayotganini ko‘rib chiqdi.
Barcha ishtirokchilarga omad va yuqori natijalar tilaymiz!

















