Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahri Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida mehnat ta’tilida bo‘lgan o‘qituvchilar qurilish-ta’mirlash ishlariga majburiy jalb etilayotgani haqida tarqalgan xabar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu maktabda mehnat ta’tilida bo‘lgan o‘qituvchilarni maktab direktori tomonidan majburiy chaqirib qurilish-ta’mirlash ishlariga jalb qilish holati aniqlanmadi. Shuningdek, bu bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoatchilikni faqat ishonchli va tasdiqlangan ma’lumotlarga ishonishga chaqiradi.
QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati
















