Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatiga ega bo‘lishi va vakant direktorlik lavozimi uchun vazirlikning «manager.uzedu.uz» saytiga hujjatlarini topshirishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Direktorlar Kengashi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori vakant lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning lavozim talablariga mosligini o‘rganadi va lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash Direktorlar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yakuni bo‘yicha tegishli tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tayinlanadi.

Direktorlikka nomzod bo‘lsangiz quyidagi vakant direktor lavozimiga
2026-yil 03-iyul sanasidan 07-iyul sanasigacha hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.

Nukus shahri 21, 28, 45-sonli maktablar;
Amudaryo tumani 8-, 69-sonli maktablar;
Beruniy tumani 9-, 29-, 37-, 56-sonli maktablar;
Bo‘zatov tumani 1-, 5-, 12-sonli maktablar;
Qorao‘zak tumani 1-, 19-, 29-, 32-sonli maktablar;
Qonliko‘l tumani 3-sonli maktablar;
Kegeyli tumani 27, 36-sonli maktab;
Qo‘ng‘irot tumani 2-, 4-, 13-, 17-, 43-, 50-, 51-, 56-sonli maktablar;
Mo‘ynoq tumani 3-, 6-, 14-, 16-, 18-sonli maktablar;
Nukus tumani 13-sonli maktablar;
Taxiatosh tumani 14-, 19-sonli maktablar;
Taxtako‘pir tumani 4-, 23-sonli maktab;
To‘rtko‘l tumani 45, 47, 48, 52, 61, 69-sonli maktablar;
Xo‘jayli tumani 6-, 8-, 9-, 16-, 18-, 31-, 37-, 38-sonli maktablar;
Chimboy tumani 2-, 3-, 20-, 48-sonli maktablar;
Shumanay tumani 4-, 26-, 29-sonli maktablar;
Ellikqal’a tumani 16-, 32-, 62-sonli maktab;