Nukus shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-sinf bitiruvchisi Hurliman Kalibaeva AQShdagi Mary Baldwin University qoshidagi Program for the Exceptionally Gifted (PEG) dasturiga qabul qilinib, Malone Scholarship stipendiyasining sohibasi bo‘ldi.
Bu stipendiya dunyo bo‘ylab har to‘rt yilda faqat bitta iqtidorli o‘quvchiga beriladi.
250 000 AQSh dollari miqdoridagi grant Hurlimaning universitetdagi 4 yillik ta’limi, yashash xarajatlari, ovqatlanishi hamda Study Abroad dasturi bilan bog‘liq asosiy xarajatlarni to‘liq qoplaydi.
PEG dasturi orqali Hurliman maktabdagi bilimini davom ettirgan holda universitet bosqichida ham o‘qiydi va tengdoshlaridan oldin talabalik hayotini boshlaydi.
O‘quvchimiz Hurliman Kalibaevani ushbu ulkan yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusi o‘quv va ilmiy faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

















