Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida o‘tkazilgan «Milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi» tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.
Unda:
🥇-o‘rin Tolqin Oshanova – Nukus shahri 27-sonli maktab;
🥈-o‘rin Madina Allambergenova – Taxiatosh tumani 4-sonli maktab;
🥉-o‘rinni Aziza Adilxanova – Kegeyli tumani 14-sonli maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari egalladi.
Birinchi o‘rinni egallagan Nukus shahri 27-sonli maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Tolqin Oshanova tanlovning yakuniy bosqichiga yo‘llanma oldi.

















