Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maktabgacha ta’lim tashkilotidagi holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganildi. O‘rganish davomida ushbu holat Nukus shahridagi «Barbie Kids» xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgani aniqlandi. Vaziyat 2026 yil 24 avgust bolalarni kechki vaqtda uylariga chiqarish jarayonida yuzaga kelgan. O‘rganish natijasida tarbiyachining o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsiz yondashgani aniqlandi. Shu sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2026-yil 26-avgust bekor qilindi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim ma’lumotlarga aniqlik kiritib, tarbiyalanuvchining hozirgi vaqtda shifoxonada emasligi, sog‘lig‘i va ahvoli yaxshi ekanligini ma’lum qilamiz. Vazirlik tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning hayoti, sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash, pedagog xodimlarning xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashishi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati