Mustaqillik bayrami arafasida yana bir zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi bayrami arafasida Beruniy tumani Abay OFY hududida joylashgan 60-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Ushbu zamonaviy ta’lim markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5246-sonli qarori asosida, Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot fondi dasturi doirasida qishloq hududlarda yashovchi bolalar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida barpo etildi.

90 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviy talablarga javob beradigan sharoitlar bilan ta’minlandi.

Qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun jami 4 mlrd 900 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Yangi ta’lim muassasasining foydalanishga topshirilishi hududdagi bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratadi.