Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida Taxiatosh tumanida yana bir quvonchli voqea – yangi ta’lim dargohi o‘z eshiklarini ochdi.

Oydin yo‘l MFY hududidagi 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi foydalanishga topshirildi.

Maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5246-sonli qarori asosida 176 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, uning qurilish-ta’mirlash ishlariga 8 mlrd 496 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

Zamonaviy sharoitlarga ega yangi maktab endilikda hududdagi o‘quvchilar uchun sifatli ta’lim olish va o‘z iqtidorini namoyon etish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.