Qorao‘zak tumanida 3-sonli maktab kapital ta’mirdan chiqarildi!

O‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratish yo‘lida yana bir muhim qadam!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori asosida Qo‘yboq OFY hududida joylashgan 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Bu ishlar uchun 4 mlrd 513 mln so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish-ta’mirlash ishlari «Reverstroy» MCHJ tomonidan bajarildi. Ta’mirlash ishlari yakunlanib, maktab foydalanishga topshirildi.

Yangilangan ta’lim maskani o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratib, pedagoglarga samarali faoliyat olib borish, yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.