“Bola, o‘yin va pedagog” loyihasi: maktabgacha ta’limda yangi yondashuvlar

Nukus shahri 53-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Bola, o‘yin va pedagog” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan PF-19-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda 2026-yil 4-iyundagi maxsus buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirda tumanlardan jami 43 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori ishtirok etdi.

Seminar davomida “Bola, o‘yin va pedagog” loyihasini bosqichma-bosqich joriy etish, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘yinning ahamiyatini oshirish hamda bolalarning qiziqish va ehtiyojlariga asoslangan yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga e’tibor qaratildi.