Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahridagi 1- va 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2026-yil 26-oktyabr kuni o‘quvchilarga keytering xizmati doirasida belgilangan menyuda ko‘zda tutilgan karton (Tetra Pak) idishdagi sut o‘rniga plastik idishdagi sut mahsuloti tarqatilgani haqida murojaat e’lon qilindi. Ushbu murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha vazirlikning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Birlamchi ma’lumot
3
















