Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Taxtako‘pir tumani hokimligi o‘rtasida 2026-yil 16-oktyabr kuni tuzilgan qo‘shma qarorda belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Dauletbaev, Taxtako‘pir tumani hokimi o‘rinbosari Sh.Bekturǵanov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari hamda tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.
➖ Ochiq muloqot davomida tumandagi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilib, mavjud xato va kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Jumladan, quyidagi yo‘nalishlardagi samaradorlik ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratildi:
➖ O‘qituvchilarning fanlar bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish darajasi;
➖ Pedagoglarning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish;
➖ O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini oshirish;
➖ 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari va o‘rtacha ball natijalari;
➖ O‘quvchilarning fanlar bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishi;
➖ Iqtidorli hamda IT sohasida daromad topayotgan o‘quvchilar ulushini oshirish;
➖ “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasidagi ishlar samaradorligini ta’minlash.
Asosiy maqsad — Taxtako‘pir tumanida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, pedagoglar salohiyatini yuksaltirish hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat.
















