Ochiq muloqotda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i B.Kamalov, tumandagi oilaviy, xususiy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i B.Kamalov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 2 avgustdagi «Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-98-son Farmonining mazmun-mohiyati bo‘yicha keng tushunchalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 1 avgustdagi 238-sonli «Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi xodimlarning asosiy lavozimlari lavozim vazifalarining lavozim majburiyatlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i haqida ham ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga, mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.