Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan «Korrupsiyaga qarshi kurashish» oyligi doirasida Nukus shahrida joylashgan «Temurbeklar maktabi»da O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish huquqiy nazorat boshqarmasi xodimi E.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri G.Kojabaeva, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi katta inspektori R.Sadikov, barcha tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari, maktabgacha va maktab direktorlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida «Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!» mavzusida respublika seminari doirasida ochiq muloqot tashkil etildi.
So‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini tashkil qilish, zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash, boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish orqali xizmatlar sifatini oshirish, davlat va nodavlat maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilib, bu sohada qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlar hamda yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari asosida ularga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar matnlaridagi normalarning mohiyati va ahamiyati tanishtirilib, kafolat xat rasmiylashtirildi. Tizimda faoliyat yuritayotgan xodimning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha malakasi oshirilmoqda. Pedagog xodimlar 12 soatlik «Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish» mavzusida o‘qitilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturida vazirlikka yuklatilgan tadbirlarning ijrosi, shuningdek, «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ijrosi ta’minlanmoqda.
«Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida» gi Qonunni amalga oshirish bo‘yicha idoraviy dastur tasdiqlanib, qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarni tashkil etish hamda ilgarigi tekshirishlarda ko‘rsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida, “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” e’lon qilinib va 2024-yilning 1-noyabridan 1-dekabriga qadar o‘tkazilmoqda.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida xodimlar bilan profilaktik suhbatlar, har bir xodimni qamrab olgan holda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari, treninglar, “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida xodimlarni “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida malakasi oshirilmoqda.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida korrupsiya tushunchasini yoshga mos tarzda tushuntirish, odob-axloq qoidalariga amal qilish, halollik va adolatlilik kabi xislatlarni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori” 10 kunligini tashkil etildi. Tizimdagi oliy ta’lim, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari hamda tashkilotlarida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovi, tizimdagi oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida “Stop korrupsiya heshtegi” chellendji, ota-onalar o‘rtasida “Iste’molchilarning ta’lim xizmatlari sifatidan qanoatlanganligi” mavzusi bo‘yicha sotsiologik so‘rovnomalar, “Aksilkorrupsiya haftaligi”, o‘z faoliyatlari ochiqligini ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini o‘tkazilmoqda.
Respublika seminari doirasida tashkil etilgan ochiq muloqotda barcha pedagoglar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga, mutaxassislar tomonidan javoblar oldi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari «Korrupsiyaga qarshi kurashish» oyligi doirasida barcha pedagog kadrlarni faol ishtirok etishga chaqirdi.
QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati