Beruniy tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi majlislar zalida hamda Nukus shahri 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro reytingi yuqori bo‘lgan BRITISH MANAGEMENT UNIVERSITY vakillari bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ingliz tiliga qiziquvchi va iqtidorli o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Universitet rektori Britaniyalik Konrad Ozog va hamkorlik aloqalari bo‘limi boshlig‘i Gullola Koraboyeva o‘quvchilarga British management university tomonidan yaratilgan sharoitlar, imtihon tartiblari, universitet yo‘nalishlari, o‘quv jarayonidagi chegirmalar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Uchrashuv to‘liq ingliz tilida olib borildi.