O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi «Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida»gi 54-sonli majlis bayoniga asosan respublikamizning barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari orasida «Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?» respublika ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

✔️ Tanlovning tuman bosqichida sektor bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari jamoalari 4 shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Tanlov yakunida:

🥇-o‘rin Nukus shahri 33-maktab;
🥈-o‘rin Taxtako‘pir tumani 3-maktab;
🥉-o‘rinni Shumanay tumani 15-maktab jamoasi egalladi.

✅ G‘oliblikni qo‘lga kiritgan Nukus shahri 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi yakuniy O‘zbekiston Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.