RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining yotoqxonasi bo‘yicha tanqidiy video material tarqaldi.
Tarqalgan video material bo‘yicha holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida bu holatning mart oyida malaka oshirishga tumandan kelgan o‘qituvchilarni yotoqxonaga joylashtirish vaqtida bo‘lganligi va o‘qituvchilarga krovatlar bir soat kechikib berilganligi va bu holat bo‘yicha tinglovchilar shikoyat qilmaganligi aniqlandi.
Shu vaqtning o‘zida mazkur xato-kamchiliklar bartaraf etildi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi mas’ul xodimlari tomonidan tinglovchilar uchun barcha sharoitlar yaratib berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati