Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri G.Kojabayeva, vazirning birinchi o‘rinbosari A.Davletbayev, vazir o‘rinbosari Q.Ismayilov, vazirlikning bo‘lim boshliqlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda vazir G.Kojaboyeva so‘zga chiqib, 2024 yil davomida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tashabbusi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘llab-quvvatlashi natijasida amalga oshirilgan Qoraqalpog‘istondagi ta’lim islohotlari:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Angliyaning Kembrij universitetiga tashrif buyurib, xalqaro tan olingan Kembrij ta’lim dasturini joriy etish bo‘yicha memorandum imzolandi;
– O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablari orasida birinchi marta Nukus shahridagi 46-sonli maktabda xalqaro tan olingan Kembrij ta’lim dasturi asosida o‘qitish tizimi joriy etildi;
– umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari orasida Qoraqalpog‘iston telekanali bilan hamkorlikda «Bilimdonlar musobaqasi» intellektual teleo‘yinini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. G‘olib o‘quvchilar Dubay shahriga ta’lim safariga yuborildi;
– O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ilk bor Amudaryo tumanidagi barcha maktablarda «Qoraqalpog‘iston tajribasi» sifatida onlayn ta’lim sifati monitoringi o‘tkazildi;
– ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Qoraqalpog‘iston tajribasi» sifatida «Metodik-tur» loyihasi doirasida respublika seminari tashkil etildi;
– Qoraqalpog‘iston ta’lim tizimida ilk bor Fan olimpiadasining O‘zbekiston Respublikasi bosqichi Nukus shahrida muvaffaqiyatli o‘tkazildi;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining kkbilimlendiriw.uz ta’lim platformasi vazirlik huzuridagi IT rezidentlari bilan hamkorlikda ishga tushirildi;
– Fan olimpiadasining O‘zbekiston Respublikasi bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ustozlari bilan birga Dubay shahriga ta’lim safariga yuborildi;
– O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ilk bor «Qoraqalpog‘iston tajribasi» sifatida «Kasbiy ta’limni rivojlantirish kuni» joriy etildi;
– O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ilk bor «Qoraqalpog‘iston tajribasi» sifatida «Kasbiy ta’limni rivojlantirish kuni» joriy etildi;
– umumta’lim maktablaridagi mutaxassis va ikkinchi toifali o‘qituvchilarni pedagog kadrlar attestatsiyasiga manzilli tayyorlash tizimi joriy etildi.
Shuningdek, 2025 yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan rejalashtirilgan asosiy vazifalar haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan sohaga oid savollar berildi. Unda vazir va birinchi o‘rinbosari, bo‘lim boshliqlari tomonidan tegishli javoblar berildi. Shu bilan birga jurnalist va blogerlar tomonidan sohaga oid tavsiyalar berildi.
QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati