Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali To‘rtko‘l tumani 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining «Kompyuterlar yetarli, lekin sinf xonalari ta’mirga muhtoj holatda» nomli tanqidiy materiali e’lon qilindi.
E’lon qilingan material bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida To‘rtko‘l tumani «Toshkent» MFY joylashgan 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 1984-yili loyiha asosida 1176 o‘rinli qilib 12×24 o‘lchamli sport zali bilan birga qurilgan, hozirgi vaqtda 1642 o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. 2013-yilda Davlat investitsiya dasturi asosida 697,0 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, kapital qurilish ta’mirlash ishlari olib borilgan. Bundan tashqari, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2018 yilda maktab atrofini o‘rash (devor) ishlari bajarilgan. Murojaatda ko‘rsatilgan sinfxonalardagi yaroqsiz holatga kelib qolgan tasvirlar o‘tgan yilgi video ekanligi, bugungi kunda sinfxonalarning linoleumlari (pol qismi) homiylar hisobidan yangisiga almashtirilgan va kamchiliklar bartaraf etilgan.
Shuningdek, mazkur maktab binosini mukammal ta’mirlash ishlarini olib borish bo‘yicha 2026-2028 yillarda amalga oshiriladigan Ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga taklif kiritilgan.
2025-yil 17-fevral kungi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining maxsus buyrug‘iga asosan R.Ganiyev To‘rtko‘l tumani 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga tayinlanganligini ma’lum qilib bildirамiz.
QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati