AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘zbekistonda «bolalarning ta’lim olishi va ovqatlanishi uchun» Mak-Govern Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi va Mehribonlik Korpusi xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda mentorlik faoliyati samaradorligini va kasbiy kompetensiyasini oshirish maqsadida Shumanay tumani 2-sonli MTMShda 3-faza mentorlari o‘rtasida «Mehribonlik Korpusi tashkilotining mentori-2025» ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Ko‘rik-tanlov shartlari bo‘yicha, mentorlarga o‘z kasbi bilan bog‘liq muammoli vaziyatlarni yoritib berish topshiriq sifatida berilgan bo‘lib, ular savollarga kasbiy mahoratlaridan kelib chiqqan holda javob berishlari kerak.  Shuningdek, uyga vazifa sifatida erta savodxonlik, sog‘lom turmush tarzi va gigiyena, sog‘lom ovqatlanish komponentlarini o‘zida mujassam etgan holda bolalarga ta’lim-tarbiya faoliyatida foydalana oladigan ko‘rgazmali qurollar tayyorlab kelish belgilangan edi.

Shartlarni baholab borishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining «Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish» sektori mutaxassisi Nurjamol Qurbonova, Mehribonlik Korpusi tashkilotining bolalarning erta yoshdan savodxonligini oshirish komponenti mutaxassisi Klara Urazimbetova va Shumanay tumani 2-sonli MTTdagi tajribali pedagoglardan iborat hakamlar hay’ati xolis baholab bordi.  Ko‘rik-tanlov yakunida barcha ishtirokchilarga Mehribonlik Korpusi tashkilotining Nukus shahar hududiy bo‘limi tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.