Ijtimoiy tarmoqlar orqali shu yil 11-mart kuni Nukus shahri 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport zalida 9-10-11-sinf o‘quvchilari uchun dars vaqtida diskoteka tashkil etilgani haqida video material tarqalgan.

Tarqalgan videomaterial Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Nukus shahri Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarbiya metod birlashmasi K.Turdrmuratovning yillik ish rejasiga asosan mart oyida maktab o‘quvchilari sport chempionlari bilan uchrashuv rejalashtirilgan bo‘lib, 11-mart kuni qo‘l kurashi bo‘yicha chempion sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazilgan va 10-11-sinf o‘quvchilari orasida ushbu sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etilganligi aniqlandi. Shu bilan birga dars vaqtida 9-10-11-sinf o‘quvchilariga diskoteka tashkil etilmaganligini ma’lum qilib bildiramiz.

QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati