Bugun Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft-gaz universitetining Toshkent filiali tashabbusi bilan tashkil etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan Gubkin fan olimpiadasi Nukus shahri 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilmoqda.
✔️ Olimpiadada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari B.Otemuratov, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft-gaz universitetidan V.Telkov, Yu.Kashenkina, universitetning Toshkent filiali ijrochi direktori A.Magrupov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Jumabaev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari M.Shlimbetova ishtirok etdi.
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasining umumiy o‘rta ta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilaridan jami 51 o‘quvchi qatnashmoqda.
Shu yilning 14-aprel kuni o‘tkazilgan rus tili fanidan 4 o‘quvchimiz g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, mana bugun shu o‘quvchilarimiz munosib taqdirlandi. (https://t.me/kkeduuz/34418?single) (yuqorida ko‘rsatilgan rasmda o‘quvchilarimiz bilan yaqindan tanishishingiz mumkin)