Shu yilning 28-aprel kuni Taxiatosh tumani 7-sonli musiqa maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi sohasi xodimlari o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va ichki nazorat bo‘yicha komplayens xizmati bosh mutaxassisi Sh.Babanazarova, Taxiatosh tumani prokurori A.Qipshaqboev, Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi huquq himoya qilish bo‘limi inspektorlari, Taxiatosh tumani IIBning psixolog-inspektorlari, Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari hamda bo‘limga qarashli barcha umumiy o‘rta ta’lim maktabi va maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda asosan soha xodimlari o‘rtasida korrupsion harakatlarga chek qo‘yish choralarini ko‘rish hamda maktab o‘quvchi yoshlari o‘rtasida har qanday huquqbuzarlik, jinoyatchiliklarning oldini olish, kelib chiqish sabablarini aniqlash yuzasidan fikr almashildi.