Qoraqalpog‘iston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi tomonidan To‘rtko‘l tumanini «Korrupsiyadan xoli» hududga aylantirish maqsadida maxsus Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

Joriy yil 29-aprel kuni ushbu yo‘l xaritasi asosida To‘rtko‘l tumanida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri G.Kojabaeva raislik qildi.
 Yig‘ilish davomida tuman hududidagi 5 yildan ortiq muddat davomida faoliyat yuritgan maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlarini rotatsiya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Natijada, 20 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 8 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan direktorlar o‘rtasida rotatsiya amalga oshirildi.

Ushbu tashabbus ta’lim tizimida ochiqlik, halollik va mas’uliyatni ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib, korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi.