Ijtimoiy tarmoqlar orqali Nukus shahri 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ish faoliyati haqida tanqidiy material tarqaldi.

Tarqalgan material bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida G.E 2020-yil 12-noyabr oyidan boshlab Nukus shahri 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining direktori lavozimida ishlab kelmoqda. 2024 yilda G.E.ning salbiy xatti-harakatlari uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilib, sud jarayonlari olib borildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining 2025-yil 18-mart kungi xati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025-yil 19-fevraldagi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 168-moddasi 3-bandi bilan 2025-yil 18-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining maxsus buyrug‘iga asosan Nukus shahri 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori G.E.ning mehnat shartnomasi bekor qilinganligini va ushbu maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nukus shahri Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining taklifi bilan maktab direktori lavozim vazifasi vaqtincha bajaruvchi etib yuklatilganligini ma’lum qilib bildiramiz.

Ma’lumot uchun:

Direktor lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazish tartibi – tanlov umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bo‘sh (vakant) bo‘lgan direktor lavozimlariga belgilangan malaka talablariga muvofiq eng munosib nomzodni dastlabki saralashdan o‘tkazish va Direktorlar kengashi tavsiyasi asosida ishga qabul qilish maqsadida o‘tkaziladi.

Maktab direktori lavozimi uchun malaka talablari:

-kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;

– menejerlik sertifikati;

– ta’lim sohasida kamida 5 yillik pedagogik staj;

-chet tillarni va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi (tanlov jarayonida ustunlik beradi).

QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati