Ijtimoiy tarmoqlar orqali Mo‘ynoq tumani 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilaridan kitob sotib olish uchun pul yig‘ilganligi haqida murojaat tarqalgan.

Tarqalgan murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida Urganch kitob markazi tomonidan 17 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kitob aksiyasini o‘tkazish maqsadida 60 nomdagi adabiy kitoblar tarqatildi. Aksiya o‘tkazish davomida kitob xarid qilish majburiy emasligi aytilib, ota-onalar va homiylar tomonidan xarid qilinmaganligi sababli 2025 yil 3 mart kuni qayta yig‘ib olinib, Urganch kitob markaziga qaytarib yuborildi. Shu kitob uchun xohlovchi o‘quvchilardan kitoblarni sotib olishda ularning ota-onalariga noto‘g‘ri targ‘ibot ishlari olib borilganligi sababli salbiy holatlarni keltirib chiqarganligi hamda qonun talablariga amal qilmasdan o‘z xizmat vazifalariga beparvolik bilan qaraganligi uchun, 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori I.Ayaganovga va Mo‘ynoq tumani maktabgacha ta’lim bo‘limining darsliklar bo‘yicha metodisti B.Ikmetullayevga tegishli «Hayfsan» intizomiy jazo choralari qo‘llanilganligini ma’lum qilib bildiramiz.

QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati