Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasb-hunar ta’limi ustalari uchun kasb-hunar ta’limini rivojlantirish kuni»ni o‘tkazish jadvali asosida To‘rtko‘l tumani 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida muhim Respublika seminari doirasida ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida kasb ta’limi ustalari uchun «Kasbiy ta’limni rivojlantirish,» shuningdek, maktab amaliyotchi psixologlari uchun «Yosh o‘smirlarda maqsad qo‘yish, internetga qaramlikka qarshi psixologik immunitet, shaxsiy rivojlanish ko‘nikmalarini shakllantirish» mavzularida ochiq muloqot va tajriba almashinuvlar tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – o‘zaro hamkorlikda tajriba almashish va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Seminar davomida tikuvchilik, IT, ustaxona kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan kasb ta’limi ustalari o‘z tajribalarini taqdim etib, amaliy mashg‘ulotlar orqali kasb sirlarini chuqurroq o‘rgatdi. O‘z navbatida, maktab amaliyotchi psixologlari yosh avlod bilan ishlashdagi samarali usullar, zamonaviy psixologik yondashuvlar bilan fikrlashib, o‘smirlarning maqsadga intilishi, raqamli texnologiyalardan ongli foydalanishi va shaxsiy rivojlanishi yo‘lida qanday usullar qo‘llanilishi mumkinligi bo‘yicha fikr almashdi.
Ochiq muloqot – amaliy tajribalar almashish maydoniga aylandi. Tadbir doirasida tashkil etilgan ochiq muloqot ishtirokchilar uchun o‘z sohasida chuqur tahlillar olib borish, dolzarb masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashish va innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish imkonini berdi. Seminar ishtirokchilari tomonidan ilgari surilgan fikrlar, takliflar, yondashuvlar professional ta’lim tizimini takomillashtirish, maktab psixologik xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Seminarda ishtirok etgan ustozlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini nafaqat o‘quvchilarga, balki o‘z sohasining boshqa mutaxassislariga ham yetkazish, o‘zaro o‘rganish orqali yanada samarali faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida, hududiy va respublika miqyosida kasbiy salohiyatni oshirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil hisoblanadi.
«Professional ta’limni rivojlantirish» kunining mazmun-mohiyati boy va maqsadli tashkil etilishi ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning amaliy ifodasidir. Bunday tadbirlar orqali ustozlar o‘zaro fikr almashib, zamonaviy yondashuvlarni o‘rgangan holda, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini zamon talablari asosida shakllantirishga zamin yaratadi.