Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasbiy ta’lim ustalari uchun kasbiy ta’limni rivojlantirish kuni”ni o‘tkazish jadvali asosida Bo‘zatov tumani 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida muhim tadbir – respublika seminari tashkil etildi.
Seminar doirasida kasb-hunar ta’limi ustalari uchun “Kasbiy ta’limni rivojlantirish”, hamda maktab amaliyotchi psixologlari uchun “Pozitivlik – yangi davr talabi” mavzularida o‘tkazildi.
Tadbirda tikuvchilik va ustachilik yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan kasb ta’limi ustalari hamda maktab psixologlari o‘zaro tajriba almashish, innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish, va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Seminar ishtirokchilari o‘z sohalariga doir ilg‘or tajribalarni namoyish etib, kasbiy sirlarni o‘rtoqlashdi, shuningdek, ushbu tajribalarni kundalik ish faoliyatiga tatbiq etish yo‘llarini atroflicha muhokama qilishdi. Bunday amaliy uchrashuvlar pedagoglarning malaka va kompetensiyasini oshirish, hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.