Qoraqalpog‘iston Respublikasi Barkamol avlod bolalar maktabining o‘quvchilari Qozog‘iston Respublikasi tomonidan tashkil etilgan «Summer fest Tashkent» xalqaro tanloviga taklif etildi.
Bunda asosan, Nukus shahri Barkamol avlod bolalar maktabining raqs to‘garagi o‘quvchilari:
—Dunesbayeva Aysulıw
—Berdanova Dilyara
—Jumanazarova Zarina
—Dunesbayeva Araylim
—Asanboyeva Shahzoda
—Begimova Ayjamal
—Qutliyev Ilxambeklar ishtirok etdi.
Ushbu tanlovda ishtirokchilarimiz yosh toifalari bo‘yicha «Grand- pri» g‘oliblari bo‘ldi.
Ular Qoraqalpoq milliy o‘yinlaridan «Kiyiz bosish», «Uchrashuv» hamda «Qiz jilvasi» o‘yinlarini ijro etib chiqishdi. Shuningdek, o‘quvchilarni shu darajaga yetkazib, mehnat qilgan ustoz M.O‘texanova ham munosib «nominatsiya» bilan taqdirlandi.
Shu o‘rinda g‘olib ishtirokchilarimizni va ustozlarimizni erishgan yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz!