Yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengesi raisi Amudaryolik yoshlar bilan uchrashuvida Amudaryo tumani 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi S.Narbaeva «Umid uchquni» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
 Norboyeva Sarbinoz – shu kungacha erishgan yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda,-desak yanglishmaymiz. Shuningdek, Sarbinoz «Zukko intiluvchi 2025» ko‘krak nishoni sohibasi, «Aqlli kitobxon» tanlovining uch karra g‘olibi, «Yosh kitobxon» tanlovining hududiy bosqichi g‘olibi va Cefr B2 darajasidagi sertifikat sohibasi!

O‘quvchimiz Norboyeva Sarbinozni bu erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz, yana uni shu darajaga yetkazgan ota-onasiga va ta’lim bergan ustozlariga ming rahmat aytamiz! Sarbinozga yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!