🗣 Shu yilning 24-iyun kuni O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-sonli qarorining 38-bob 207-bandiga asosan, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining otryadlari va boshqa ko‘ngillilar bo‘limlarini tashkil etish va o‘qitish maqsadida, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati favqulodda vaziyatlarda harakatlanuvchi volontyorlari ishtirokida «Yosh qutqaruvchi» musobaqasi o‘tkazildi.
🗣 O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati tomonidan amalga oshirilgan loyiha dasturiga kiritilgan yosh volontyorlarning «Yosh qutqaruvchi» guruhlari ishtirokida o‘tkaziladigan ushbu musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahri «Yosh qutqaruvchi» guruhlari ishtirok etdi.
⁉️ Musobaqa shartlari bo‘yicha:
– «Yoshlar faolligi va volontyorlikni rivojlantirish» loyihasida dasturga rejalashtirilgan «Yosh qutqaruvchilar» guruhlari;
– loyihaning maqsad va vazifalarini tushuntirish;
– aholining barcha qatlamlarini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen turdagi) harakatlanishga tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish;
– aholini birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish.
‼️ Musobaqa yakuniga ko‘ra 11-jamoa orasidan:
1-o‘rinni O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashkiloti nomidan borgan yosh volontyorlar Nukus shahri 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabining «Jayhun» jamoasi qo‘lga kiritdi;
2-o‘rinni O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Farg‘ona viloyati yosh volontyorlari «Qalxon» jamoasi qo‘lga kiritdi;
3-o‘rinni O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Navoiy viloyati yosh volontyorlar «Imkon» jamoasi qo‘lga kiritdi.
🗣 Musobaqaning asosiy maqsadi, yoshlarni jismoniy jihatdan kuchli, ruhiy sog‘lom, kuchli iroda va mardlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularning ongida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga oid tushuncha, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda insonlarni qutqarish bo‘yicha maktab o‘quvchilarining amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish hisoblanadi.